2023 yil 14 iyul kuni Urganch shahar "Ishga marhamat" monomarkaziga Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasi Xorazm viloyati boʻlimi boshligʻi Qadam Xusainov va Qoraqalpog’iston Respublikasi Nogironlar assotsatsiyasi bo’limi xodimlari keldilar.
Ularni monomarkaz direktori o’rinbosari Shohista Sharipova kutib oldi. Mehmonlar monomarkazda bilim olayotgan imkoniyati cheklangan tinglovchilar va ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tanishish barobarida monomarkazda bilim olayotgan “Surdotarjimonlik” yo’nalishi tinglovchilari ishga joylashish masalasida toʻliq maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Manba: O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi
Отправить комментарий
Отправить комментарий