O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston Nogironlar Assosiasiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi xududiy bo‘limi vakillari ishtirokida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hamda Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida o‘tkazilayotgan imtihonlar jarayoni bilan tanishildi.

Unda asosiy e'tibor nogironligi bo‘lgan shaxslarga kirish imtihonlaridagi shart-sharoitlar va abiturientlarning imtihonga kirishlari uchun yaratilgan qulayliklarga qaratilib, ularning ota-onalari bilan suhbatlashildi.

Ushbu oliy ta'lim muassasalarida qabul imtihonlarining yanada shaffof, ochiq va adolatli o‘tishini ta'minlash maqsadida internet tarmog‘i orqali jarayonlarni jonli efirda kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.

Abiturentlarning ota-onalari uchun kutish joylari, maslahat markazlari va tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari tashkil qilingan.

Manba: XDP.uz