Shu yilning 9-12-mart kunlari Markaziy Osiyo Yevroosiyo Jamg’armasi (EFCA) tomonidan o'tkazilgan “Steykholderlarni boshqarish va Nodavlat notijorat tashkilotlar fandrayzingi asoslari” mavzuidagi seminar-trening va konferensiya o’tkazildi.

Unda grant yutgan Nodavlat notijorat tashkilotlar o‘z loyihalari taqdimotini, videohisobotini va plakatlarini namoyish etishdi. Ular maxsus baholovchi guruh tomonidan foydali maslahatlar va kelajakdagi loyihalari uchun zarur tavsiyalar olishdi.

Taqdimotlar natijasiga ko’ra quyidagi Nodavlat notijorat tashkilotlar g‘olib deb topildi:

Eng yaxshi loyiha va plakat taqdimoti yo‘nalishida – Salomatlik va Ekologiya (Qo’qon).

Eng yaxshi videoisobot yo‘nalishida – O'zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy bo'lima (Nukus).

Eng yaxshi strategik loyihalash yo‘nalishida – Ayol va Shodlik (Surxondaryo).

Barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari va sertifikatlar taqdim etildi. G‘oliblar esa tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho noutbuk kompyuterlari bilan taqdirlanishdi.

Manba: O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi